GM Uzbekistan va «O‘zavtosanoat» mijozlarning savollari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlar tashkil qildi
«O‘zavtosanoat» AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bundan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bog‘liq bo‘lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hisoblanadi.
«O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi o‘rinbosari Qobiljon Azimov boshchiligidagi ushbu ishchi guruh fuqarolarni qabul qilish va ular tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni obektiv ko‘rib chiqish va asosli ravishda ijobiy hal qilish vazifasini bajaradi.
Ma'lum qilinishicha, avtomobil savdosiga tegishli bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan bevosita diler korxonalariga yoki GM Uzbekistan AJning “Mijozlarni qo‘llab quvvatlash markazi” (Call-Center, +998 71 141 77 77) orqali murojaat etish mumkin.
Ma'lumotnomada shuningdek, fuqarolar murojaatlari, ular qaysi vositalar orqali yetkazilganidan qat'i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Virtual qabulxonasi apparatiga hisobot tariqasida muntazam ravishda yetkazilishi va har bir murojaat yuzasidan amalga oshirilgan choralar haqida ma'lumot berilishi bildirilgan.
Har bir murojaat rasmiy hujjatlashtirib, tez fursatda va murojaat qiluvchiga qulay bo‘lgan uslubda ko‘rib chiqilishi kafolatlangan.
Shunday ishchi guruh GM Uzbekistan tomonidan ham tuzilgan. AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi va ularga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha jamiyat bosh direktori v.v.b. Rustam Baxtiyarovich Rajabov boshchiligidagi ishchi guruhga fuqarolarni qabul qilish va ular tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni atroflicha ko‘rib chiqish va asosli ravishda ijobiy hal qilish vazifasi yuklatilgan.
Fuqarolarni qabul qilish har kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha GM Uzbekistan AJ binosining 107-xonasida amalga oshirilmokda.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga o‘z taklif va shikoyatlari bilan murojaat qiluvchi fuqarolar soni oshib borgani sayin, ushbu murojaatlarga o‘z vaqtida javob berilishi hamda hal qilinishi yuzasidan nazorat ham kuchaytirilmoqda. Shuningdek, har bir murojaat qat'iy nazoratga olinib, fuqarolarning murojaatlariga nisbatan befarqlik bilan qaragan mas'ul shaxslar jazoga tortilmoqda.
Mavzuga oid
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik
17:48 / 26.04.2024