O‘zbekiston | 10:36 / 01.11.2016
51176
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir amaldor fuqaro murojaatiga e'tiborsizligi uchun bosh vazirdan hayfsan oldi

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayarovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

«Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosariga (Xudayarov) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga Urganch va Qo‘ng‘irot tumanlarida yashovchi 1-guruh nogironlari Yu. Jumaniyozova va D. Maxmurovalardan kelib tushgan murojaatlarni hal etishda sansalorlikka yo‘l qo‘yganligi uchun hayfsan e'lon qilindi», — deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Shavkat Mirziyoyev Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga hayfsan e'lon qilishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.

Shuningdek, Pop hokimi Bosh vazir virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarni hal etishda soxtalikka yo‘l qo‘ygani uchun hayfsan olgan.

Mavzuga oid