Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Trampning Rossiya hukumati bilan aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Federal qidiruv byurosi (FQB) bugunga qadar AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning Rossiya hukumati bilan aloqasiga doir hech qanday dalil topmadi. Bu haqida The New York Times xabar berdi.
FQB butun yoz davomida Tramp hamda maslahatchilarining rossiyalik ishbilarmonlarga aloqasini topish maqsadida bir necha yo‘nalishlarda ish olib bordi. Manbada ta'kidlanishicha, byuro bugunga qadar mazkur ish yuzasidan hech qanday ma'lumot topa olmagan. Bundan tashqari, FQB vakillari Demokratik partiya serverlariga uyushtirilgan hujumlar respublikachining yetakchiligiga emas, prezident saylovlari jarayonining o‘ziga halaqit berishga yo‘naltirilganligini ishonch bilan ta'kidlashmoqda.
Shunga qaramay, FQB Hillari Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq muammolar qatorida mazkur ishni kuzatishda ham davom etadi.
Bundan avval Klinton Trampni "Kreml bilan aloqasini tan olish"ga chaqirganligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 02.01.2026
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
15:11 / 02.01.2026
AFP: Rossiyaning Ukraina hududlariga havo hujumlari soni kamaygan
13:37 / 02.01.2026
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56 / 02.01.2026