Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq harbiylari Mo‘sulga yurishni to‘xtatdi
Foto: Reuters
Iroq harbiylari noqulay ob-havo sharoiti tufayli Mo‘sul yurishini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Iroq maxsus qo‘shini generali Haydar Fadilning ma'lumotiga asoslanib, Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Mo‘sul tumanida ko‘rish darajasi past va namlik yuqori. Chorshanba kuni ertalab shaharda tinchlik hukmron bo‘lgan, faqat ayrim joylarda o‘q ovozlari eshitilib turgan.
Amerika razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda shaharda IShID terrorchilik tashkilotining 3,5-5 ming jangarisi bo‘lishi mumkin. Ular hukumat qo‘shinlariga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
08:05 / 09.12.2025