09:12 / 02.11.2016
4154

Vetnamdagi karaoke-barda chiqqan yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi

Foto: EPA

Vetnam poytaxti Xanoyda joylashgan karaoke-barlardan birida kuchli yong‘in chiqdi. Yong‘in uchta qo‘shni bino va atrofiga qo‘yilgan avtomobillarga ham o‘tgan. 

Yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Ayni vaqtda huquq-tartibot muassasalari yong‘in sabablarini aniqlashtirishmoqda. Ma'lum qilinishicha, ko‘ngilochar joyning yong‘in xavfsizligi me'yo'rlariga muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan.

 

Mavzuga oid
Top