11:20 / 03.11.2016
4528

Bishkekda ShHT Milliy koordinatorlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi

Foto: kapital.kz

30 oktabr – 2 noyabr kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHT a'zo davlatlari Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashida ko‘rib chiqishga kiritiladigan hujjatlarni kelishib olishdi.

Majlisda tashkilot joriy faoliyatining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

ShHT Hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishi 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bu majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etadi.

Mavzuga oid
Top