Jahon | 16:21 / 04.11.2016
8861
1 daqiqa o‘qiladi

Diyorbakir zarba ostida: kurd deputatlari hibsga olinishiga javoban ro‘y bergan terakt qurbonlari soni ortdi

Foto: Reuters

Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Diyorbakir shahridagi politsiya mahkamasida sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, 100dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirimga asoslanib, mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

Dastlabki xabarlarda, Diyorbakirda  hibsga olingan kurdparast deputatlar keltirilgan politsiya mahkamasida kuchli portlash sodir etilishi tufayli bir kishi halok bo‘lib, 30 kishi jarohatlangani aytilgandi.

3 noyabr kuni hibsga olish ishlari bir vaqtning o‘zida Anqara, Diyorbakir va boshqa shaharlarda olib borilgan. 

Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, parlamentning 11 deputati qo‘lga olingan, qo‘lga olinishi kerak bo‘lgan yana 2 deputat xorijda.

Mavzuga oid