20:27 / 08.11.2016
9739

«O‘zavtoyo‘l»da rais o‘rinbosari o‘zgardi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 28 oktabrdagi qarori bilan Obid Adilov «O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.

1983 yilda tug‘ilgan Obid Choriyevich Adilov bunga qadar «Avtomagistral» ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta'mirlash birlashmasi Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. U 2008 yilda Toshkent avtoyo‘l institutini tamomlagan. Bir necha yil davomida «O‘zavtoyo‘l» tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

«O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi kompaniyadagi avtomobil yo‘llarini qurish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish, investitsion loyihalarning texnik nazorati, shuningdek, transport, mexanizatsiya va texnik ta'minot sohalariga rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid
Top