Fan-texnika | 00:46 / 09.11.2016
9732
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurda olimlar "sehrli qalpoqchani" yaratishga yaqin turibdilar

Singapurda Nanyan texnologik universiteti olimlari Chjan Bayle boshchiligida "sehrli qalpoqchani" ixtiro qilishga yaqin turibdilar. Jismlarni ko‘rinmas qilishga imkon beruvchi ixtiro hozircha kichkinagina buyum va jonzotlarni ko‘rinmas qila oladi. 

Yangi texnologiya ko‘zgular effekti yordamida jismning bir qismini bir tekislikdagina "yashirishga" imkon beradi.

Chjan Bayle bunday "qalpoqchani" yaratishni yoshligidan orzu qilgan. Loyiha 3 yil davomida olib borilgan. Chjan Bayle bu vaqtdan ko‘pini "qalpoqchani" yaratish nazariyasiga sarflagan.

Hozirgi kunda ixtirochilar bir o‘lchamli texnologiyalar bilan cheklanib qolmasdan, o‘z ixtirolari imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqdalar.

Olimlarning aytishicha, ushbu ixtirodan mudofaa maqsadlarida foydalanish mumkin. U askarni hattoki issiqlik nurlanishiga ta'sir qiluvchi tungi ko‘rish moslamalarini qo‘llaganda ham mutlaq ko‘rinmas qilishga imkon beradi.

 

Mavzuga oid