07:59 / 10.11.2016
4488

Twitter foydalanuvchilari AQShdagi saylov kunida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

(Photo: Twitter)

8 noyabr kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari AQSh prezidentlik saylovlari kuni 75 mln marotaba ushbu mavzuda tvit qilishgan, deb xabar qilmoqda USA Today nashri.

Shunday qilib, tarmoq foydalanuvchilari 2012 yilgi saylov kunida o‘rnatilgan rekordni yangilashdi. O‘shanda 31 mln marta tvit yozilgan edi. 

O‘z navbatida, Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham saylovlar kuniga oid hisobotini e'lon qilgan. Unga ko‘ra, 8 noyabrda foydalanuvchilar 716 mln martaga yaqin saylov mavzusida xabar, izoh qoldirishgan yoki “yoqdi” tugmachasini bosishgan. 

 

Top