08:17 / 12.11.2016
13228

Avval Bill, so‘ngra Hillari, endi navbat Chelsi Klintongami?

Foto: © AP

Yaqindagina AQShda o‘tgan prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Xillari Klintonning qizi Chelsi Klinton AQSh kongressining vakillar palatasi a'zosi bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda

"Klintonlarga Xillarining qaqshatqich mag‘lubiyatidan keyin qayta tiklanish uchun biroz vaqt kerak bo‘lsa ham, ular ortga chekinmaydilar. Chelsi Klinton brendini rivojlantirishdagi yangi pog‘ona bo‘ladi", deyildi xabarda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Chelsi Klinton iste'foga ketmoqchi bo‘layotgan 79 yoshli respublikachi-kongressmen Nita Louining o‘rnini egallashi mumkin.

Bundan avval Chelsi Klinton onasining saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgandi.

 

Mavzuga oid
Top