20:16 / 20.11.2016
7756

Domodedovoda Dubayga uchuvchi samolyotda bomba borligi haqida xabar qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: © RIA Novosti

20 noyabrga o‘tar kechasi Moskvaning Domodedovo aeroportida Moskva–Dubay reysining ushlanib qolishiga sabab bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. U mast holatda bo‘lgan.

«Moskva» sayti xabarida aytilishicha, tunda Dubayga yo‘l olayotgan samolyot bortiga mast holatdagi er-xotin chiqqan. Erkak bortda o‘zini yomon tutgan, so‘kingan, yo‘lovchilarga havo kemasini portlatib yuborishi mumkinligini ma'lum qilgan, shuningdek, ekipaj kabinasiga kirmoqchi bo‘lgan.

«Nijniy Novgorodda istiqomat qiluvchi 29 yoshli fuqaro Moskva – Dubay aviareysida bort qoidalarini buzgan», — degan manba.

Ushbu voqea tufayli reys bekor qilingan, huquqbuzar esa transport politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va navbatchilik qismiga tergov uchun olib ketilgan. 

Ko‘ngilsizlik bartaraf etilgach, samolyot manzilga yo‘l olgan.

Top