Light | 00:55 / 23.11.2016
46333
6 daqiqa o‘qiladi

Arxitektura mo‘'jizasi: dunyo ahlini lol qilgan namunalar. Birinchi qism

Odamlar orasida arxitekturani san'at deguvchilar ham topiladi. Qaysidir jihatdan ularning gapida jon bordek. Bugun dunyoning turli chekkalarida qurilayotgan binolarning o‘ziga xos arxiteturasi fikrimizning yorqin isbotidir. 

Ana shunday go‘zal binolarning 100 ta suratini e'tiboringizga havola etishni niyat qildik. Bu yerda jami 50ta surat bo‘lib, qolganlari maqolaning ikkinchi qismidan joy olgan.

100. Tepadan pastga tomon uchadigan sirpanchiqni eslatib yuboruvchi Urbis binosi. Bu yerda Milliy futbol muzeyi joylashgan. Manchester. Buyuk Britaniya.

 

99. Vodafone kompaniyasining Portugaliyada joylashgan shtab-kvartirasi.


98. Shotlandiyadagi Muqaddas Andreya soborining xarobalari.


97. «Triangeln» stansiyasi. Malmyo, Shvetsiya.


96. «Ananas ko‘rinishli bino». Shotlandiyada joylashgan. U 1761 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, o‘sha yildan buyon bu yerga tashrif buyuruvchilarning hayratiga sabab bo‘ladi.


95. Xitoyning Makao shahrida joylashgan Grand Lisboa mehmonxona kazinosi. Shaharda joylashgan binolarning eng ko‘rkami.


94. Arxitektor Gerta Vingord loyihasi asosida qad rostlagan 118 metrli Scandic Victoria Tower minorasi. Stokgolmdagi eng baland bino.


93. Buenos-Ayresdagi Argentina hukumatining binosi. Atirgul rangiga bo‘yalgan. Bu mamlakatdagi siyosiy partiyalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yumshatish ma'nosida qo‘llanilgan rang hisoblanadi.


92. Sigrem-bilding Nyu-York markazida joylashgan. Unda modernizmning barcha ko‘rinishlari mujassam.


91. Segoviyadagi Akveduk. Ispaniya markazidagi shaharcha. Rim imperiyasi davrida qurilgan va hamon odamlarni o‘ziga jalb etib keladi.


90. Hashamatli Yas Viceroy Dubai mehmonxonasi. «Formula-1» poyga trassasi ustida barpo etilgan. Diodli chiroqlar bilan qoplangan bo‘lib, tunda o‘zgacha nur sochadi.


89. Ta Prum ehromi. Kambodjaning Siyemreap shahridagi 1000 ta ehromdan biri.


88. Berlindagi yangi milliy galereya. 60-yillarda nemis arxitektori Lyudvig Mis van der Roe tomonidan qurilgan.


87. Oddiy, tashqi devorlar sifatida shishalardan foydalanilgan Xagli-Park botanika bog‘i. Kraystchyorch. Yangi Zelandiya.


86. Niderlandiyadagi Arnem shahri vokzali. 2015 yilda rekonstruksiya qilingan. U ayni paytda o‘ta zamonaviy qiyofaga kirgan.


85. San'at va dizayn kolleji binosi.Ontario, Kanada.


84. Norvegiya poytaxti Oslo shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Xolmenkollen qishlog‘ida qad rostlagan chang‘i uchish tramplini.


83. Frenk Geri Ispaniyada o‘zining eng nodir ishlaridan birini taqdim etdi.


82. Jahonda global falokat sodir bo‘lsa, yer yuzini qayta tiklash uchun urug‘lar saqlanadigan bino. Bu yerda butun jahondan turli o‘simliklarning urug‘i olib kelib, saqlanadi.


80. Avstriya poytaxti Vena shahridagi chiqindilarni qayta ishlash zavodi. U rassom va arxitektora Fridensrayx Xundertvasserning ijodi sabab mana shunday ko‘rinishga kelgan.


79. Suvarnabxumi aeroporti. Bangkok, Tailand.


78. Italiyadagi ajoyib Miramar qasri.


77. Pekindagi gumbaz ko‘rinishli Katta milliy teatr. Uning kengligi 200 metrga cho‘zilgan.


76. Xerst-tauer binosi. Nyu-Yorkning sakkizinchi avenyusida joylashgan.


75. Marktxol binosi o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, Rotterdamdagi Blaak bozor maydonida joylashgan. Bu san'at asarining mualliflari MVRDV guruhi hisoblanadi.


74. Melburndagi aqlni shoshiradigan darajada go‘zal Flinders-strit Steyshn vokzali. Bu Avstraliyadagi eng ko‘p odam to‘planadigan vokzal hisoblanadi: har kuni u orqali 90 ming yo‘lovchi o‘tib-qaytadi.


73. Afinadagi sun'iy vodiyda joylashgan Stavros Niarxosning madaniyat markazi fondi binosi.


72. Tomosha qiling, Norman Foster loyihasi asosida qurilgan Britaniya muzeyi qanday ko‘rinishga ega.


71. Yekaterina saroyi. Sankt-Peterburgning janubiy qismida joylashgan. Rossiya podshohlarining yozgi qarorgohi. 


70. Italiyaning Alba shahrida joylashgan vino xo‘jaligining gumbazli binosi.


69. Pekindagi Galaxy Soho majmuasi.


68. Berlindagi kayzer Vilgelmning memorial cherkovi.


67. Rio-de-Janeyrodagi zamonaviy san'at muzeyi binosi.

 

66. Braziliyaning San-Paulo shahridagi badiiy muzey binosi.


65. Ispaniyadagi shishadan qurilgan Guggenxeym muzeyi.


64. Saudiya Arabistonidagi qirollik markazi. Ar-Riyod.


63. Yaponiya poytaxti Tokiodagi Kanadzava stansiyasiga kiraverishda ajabtovur manzarani his qilish mumkin.


62. Shvetsiya qirollik institutining Aula Medica binosi.


61. Ispaniyaning Bilbao shahridagi aeroportning bosh terminali.


60. Foster + Partners arxitektura binosi tomonidan AQShning Nyu-Meksika shtatida qurilgan bino.


59. Moskvada joylashgan bino. Huddi DNK to‘qimalariga o‘xshaydi.


58. Kuala-Lumpurdagi temir yo‘l vokzali. Bezatilgan gumbazlar, arkalar va minoralar o‘zgacha ko‘rk berib turadi.


57. Fransiyaning kichkina Ronshan shahrida joylashgan bino. XX asrning ko‘zga ko‘ringan durdonasi.


56. 90 daraja o‘zgara oladigan bino. Tehron. Eron.


55. Sidneydagi 1-uy. Uning balandligi 139 metr.


54. Louis Vuitton fondi binosi. Parijda joylashgan.


53. Nyu-Yorkdagi “Butunjahon savdo markazi”ning yangi stansiyasiga boqing.


52. Hindistondagi Matrimandir binosi.


51. Londonning sharqiy qismida joylashgan M by Montcalm binosi.


 

Mavzuga oid