18:35 / 26.11.2016
11448

Messi sochlarini bo‘yashga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: Twitter/Sporf

“Barselona” va Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi yozda sochini sarg‘ish rangga bo‘yash haqida qaror qilganini xabar berdi. Bu Amerika Kubogi finalida Chiliga qarshi kechgan uchrashuvdagi alamli mag‘lubiyat bilan bog‘liq ekan. 

“Sochlarimni bo‘yashga nima turtki berdi? Aslida men faqatgina tashqi qiyofamni o‘zgartirmadim. Sochlarimni bo‘yatishga o‘sha bellashuvdagi penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganimiz sabab bo‘ldi. Men hammasini boshidan boshlashga qaror qildim: yangi mavsumni, o‘z hayotimdagi yangi bosqichni”, - Messining so‘zlarini keltiradi Mirror.

Top