09:48 / 29.11.2016
4771

BAA 3D-nashrdan foydalangan holda osmono‘par binolar qurmoqchi

Birlashgan arab amirliklari infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi kelajakda 3D-nashr qilish texnologiyasidan foydalangan holda osmono‘par binolar barpo qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda amirlikda chop etiladigan Khaleej Times nashri yozmoqda.

"Kelgusida vazirlik tomonidan BAA hududi bo‘ylab barpo etiladigan binolarning barchasi 3D-printerlarda chop etiladi", — degan vazirlik vakilasi Munira Abdulkarim.

BAA hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, uch o‘lchamli nashr qilish texnologiyasi qurilishga ketgan muddat va xarajatni 70-80 foizga qisqartirish imkonini beradi. 

Ayniqsa, 3D-nashrli binolarni Dubayda ko‘paytirishga e'tibor qaratilmoqda. Hukumat rejalariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, ushbu shaharda qurilgan binolarning 25 foizi ayni texnologiya yordamida barpo etilgan bo‘ladi. Hozirda, Dubayda 3D-printerda chop etilib, tiklangan idora binosining prototipi bor. 


 

Top