20:18 / 01.12.2016
7376

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Toshkentga yetib keldi

Foto: UzDaily

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev bugun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

U MDHning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasiga boshchilik qilmoqda.

MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonda 18 noyabr kuni ish boshlagandi.

Markaziy Saylov komissiyasi taklifi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan MDH missiyasi tarkibiga 10 nafar uzoq muddatli va 60 nafarga yaqin qisqa muddatli kuzatuvchilar kirgan.

Uzoq muddatli kuzatuvchilar shu paytgacha mintaqalardagi 100dan ortiq saylov uchastkalarida bo‘ldi. Bundan tashqari, komissiya a'zolari shu kunlarda o‘tayotgan muddatdan ilgari ovoz berish jarayonini kuzatib bormoqda.

Mavzuga oid
Top