09:57 / 04.12.2016
6179

Xitoyda fabrika binosi qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: english.cri.cn

Xitoy sharqidagi Tszinan shahrida fabrika binosi qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Sinxua» axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, fabrikaning qulagan korpusi vayronalari ostida 9 ishchi qolib ketgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 4 kishini chiqarib olishgan, qolgan 5 kishini qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.  

Ayni vaqtda voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top