09:17 / 10.12.2016
20309

Tojikiston poytaxtida elektr quvvati berish tiklandi

Elektrmuhandislar Tojikiston respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida elektr energiyasi uzatishni tiklashdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Shaharning to‘rt tumanidan uchtasida besh soatga yaqin vaqt mobaynida elektr bo‘lmagan. 

Mamlakatdagi energiya xoldingi Dushanbe issiqlik energiya stansiyasining ikkinchi navbati ishga tushirilishi bilan energiya iste'moliga joriy qilingan limitni biroz yengillashtirgani shunday salbiy oqibatni keltirib chiqargan. 

Shaharning Sino tumani, Somoniy va Firdavsiy tumanlari qisman elektr manbaidan mahrum bo‘lgan edi.

 

Top