15:46 / 11.12.2016
7421

Karter oldindan ogohlantirmasdan Iroqqa keldi

Pentagon rahbari Eshton Karter Iroqqa keldi. U bu tashrifni oldindan e'lon qilmagan holda amalga oshirdi.

AQSh Mudofaa vazirligi xabarida qayd etilishicha, Karterni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya generali Stiven Taunsend qarshi olgan.

9 dekabr kuni, Karter Afg‘anistonga kutilmagan tashrif bilan kelgani xabar qilingandi. U amerikalik harbiy boshliqlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan va askarlarni kelayotgan bayram bilan tabriklagan.

Dekabr oyi boshida Pentagondagilar Eshton Karter turnega chiqishi haqida xabar qilgandi.

Mavzuga oid
Top