19:58 / 12.12.2016
5806

Eronda yangi raketa modeli sinovdan o‘tkazildi

© www.militaryparitet.com

Eron armiyasi dushanba kuni mashqlar doirasida raketa tutuvchi yangi model – Toofan’ni sinovdan o‘tkazdi. Bu holat mamlakat janubi-sharqidagi keng qamrovli harbiy mashqlar davomida yuz bergan, deb xabar qildi Tasnim agentligi.

Avvalroq, Muhammad Rasoulallah Four maxsus nomli mashqlar 220 ming kvadrat kilometr maydonlik hududda uch kun davomida o‘tkazilishi xabar berilgandi. Ulardan ko‘zlangan maqsad quruqlikdagi qo‘shinlar jangovar tayyorgarligi darajasini oshirishdir.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Toofan raketasining yangi modeli eronlik muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularda harakat doirasi va aniqlik mukammallashtirilib, ishga tushirish tizimini yangilandi.
 

Mavzuga oid
Top