13:36 / 13.12.2016
8794

O‘zbekiston va Qozog‘iston ishchi guruhlari suv masalalarini muhokama qilishdi

Foto: Tengrinews.kz

Toshkent shahrida 8-9 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. U suv munosabatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish takliflarini ishlab chiqishga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston delegatsiyasiga qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shavkat Hamroyev boshchilik qilgan bo‘lsa, Qozog‘istondan qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yerlan Nisanbayev delegatsiyaga rahbarlik qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning suv masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorligi yaqinda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi o‘zbek-qozoq muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida muhokama qilindi. 

Xabar qilinishicha, uchrashuv yakuniga ko‘ra tegishli protokol imzolangan. Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tadi.
 

Mavzuga oid
Top