22:41 / 15.12.2016
6875

Eron atom harbiy kemalari qurmoqchi

Foto: Reuters

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh kongressi tomonidan yangi sanksiyalar paketiga javoban Eron atom suv osti kemalari va atom kuch qurilmasiga ega harbiy kemalar loyihasini yaratishni boshlashini e'lon qildi. Biroq bu rejalar loyiha bosqichida qolib ketadi, deb taxmin qilishga jiddiy asoslar bor, deb ma'lum qilmoqda Popular Mechanics.

Ruhoniy Eron atom energiyasi tashkilotiga harbiy kemalar uchun yadroviy energetik qurilmalar ishlab chiqishni buyurdi. Biroq ayni vaqtda yadroviy yonilg‘ida ishlovchi kuch qurilmalarini yaratish bir-ikki yil emas, balki o‘nlab yillar talab qiladi. Shuning uchun atom suv osti kemasini yaratish bu mavzu bilan umuman notanish bo‘lgan eronlik olimlarda bir qancha vaqt olishi noma'lum. 

Eron harbiy-dengiz floti o‘nlab yillar davom etgan sanksiyalardan keyin juda kichrayib ketgan va sifati shubha uyg‘otuvchi kichkina suv usti kemalaridan tashkil topgan. Eronning eng katta kemalaridan biri Alvand fregati bo‘lib, uning o‘lchami AQShning eng kichkina kemasi LCS’ning chorak qismicha keladi. Bunday kemalar uchun atom reaktori mutlaq kerak emas.

2016 yil oktabrda Eron televideniyesi mamlakat harbiy sanoati muvaffaqiyatlari, jumladan eronliklar tomonidan yaratilgan yangi zarba beruvchi dron Shahed-129 haqidagi rolikni namoyish qilgan. Bu dron AQShning qo‘lga tushirilgan RQ-170 Sentinel droni negizida qurilgan. Videoda Eron tomonidan yaratilgan dronlar va Eron AQShga texnologiyalarni "bergani" uchun minnatdorchilik bildirilgan plakat bor angar ko‘rsatilgan. Angarning bir burchagida Eron tomonidan yaratilgan dronlar, boshqa burchagida esa AQSh droni bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top