O‘zbekiston | 17:59 / 15.12.2016
44811
1 daqiqa o‘qiladi

Islomjon Ergashxo‘jayev O‘zbekiston Bosh prokuroriga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun, 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan sessiyada Islomjon Ergashxo‘jayev O‘zbekiston Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani ma'lum qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 12 avgustdagi farmoni bilan Islomjon Ergashxo‘jayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Bundan oldinroq Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid