08:34 / 17.12.2016
11946

Obama: AQShdagi prezident saylovlarida ovoz berish jarayoniga aralashuv bo‘lmagan

Foto: AFP

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat yetakchisi sifatida o‘tkazgan oxirgi matbuot-anjumanida prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayoniga aralashuv bo‘lmaganiga ishonchi komilligini aytdi. Oq uy matbuot-anjumanni YouTube’da jonli ravishda efirga uzatgan.

Obamaning aytishicha, hech qanday aralashuv bo‘lmagan. "Men bunga kafolat beraman", deb qo‘shimcha qilgan Obama.

Obama ovozlarni hisoblovchi qurilmalar qandaydir tarzda buzib kirilgani haqida ma'lumotlar yo‘qligini va ovozlar to‘g‘ri hisoblanganini aytdi.

Obama mamlakatning siyosiy tizimiga xakerlik hujumlari bo‘lgani haqida maxsus xizmatlarning biror-bir ma'lumotlari oshkor qilinishi haqidagi savolga "Biz xavfsizligimizga putur yetkazmaydigan, bizning manbalar va usullarni oshkor qilmaydigan isbotlar bilangina ta'minlaymiz", deb javob bergan.

"Men kiberxavfsizlik haqida rostini aytaman, ko‘p ma'lumotlar maxfiylashtirilgan va biz ko‘p narsani taqdim qila olmaymiz, chunki biz ular haqida ma'lum narsalarni bilib, ularni tutamiz va agar bu borada oldinga siljishni istasak, biz ular haqida bilishlarini istamaymiz", deb ta'kidlab o‘tgan Obama.

Avvalroq Obama jurnalistning prezidentlik saylovlaridagi xakerlik hujumlari Hillari Klintonga g‘olib bo‘lishga xalaqit qilganini bilish maqsadida bergan savoliga ochiqchasiga javob berishdan qochgan.

 

Top