08:23 / 17.12.2016
7905

Obama Suriya fuqarolik urushida AQSh tutgan pozitsiyaga baho berdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatining Suriyada davom etayotgan fuqarolik urushida qo‘llayotgan siyosatini to‘g‘ri deb baholadi. U bu haqda matbuot anjumanida bayonot berdi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u mojaroga barham berish uchun barcha tomonlarning urinayotganini tushunadi va AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan harbiy yordamsiz, buni «osongina» qo‘lga kiritib bo‘lmaydi.

Obamaning aytishicha, AQSh uchun ushbu inqirozdagi bosh masala mojaroli hududni tark etishni xohlayotganiga qaramay, imkoniyatga ega bo‘lmagan tinch aholi vakillarini ozod qilishdir. 

Avvalroq, Obama Suriya, Rossiya va Eronni Halabdagi vaziyat uchun aybdor deb baholagan edi. 

 

Mavzuga oid
Top