Boliviya prezidenti yana bir prezidentlik saylovlariga nomzodini qo‘ymoqchi
Boliviya prezidenti Evo Morales o‘z nomzodini 2019 yillardagi prezidentlik saylovlariga qo‘yish borasida 17 dekabrda "Sotsializmga harakat" hukmron partiyasining kongressi bildirgan taklifga rozi bo‘ldi.
"Agar xalq Evo bilan qayta saylovga borishimizni aytayotgan bo‘lsa, hech qanday muammo yo‘q, unda biz o‘nglarni tor-mor qilishni davom ettiramiz", deb Morales aytgan so‘zlarni keltirib o‘tgan Deber portali.
Joriy yil fevralida Boliviyada konstitutsiyaga Moralesga 4-muddatga qayta saylanishga ruxsat beruvchi o‘zgarishlarni kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgandi. O‘shanda bu o‘zgarishlarga 51,3 foiz ovoz beruvchilar qarshi chiqqan, 48,7 foizi esa qo‘llab-quvvatlagan. O‘shanda Morales fuqarolarning istaklarini tan olishini aytgandi, biroq endi referendumni "yolg‘on g‘alabasi" deb ta'riflamoqda.
Hukmron partiya Moralesga nisbatan harakatlarning 4 ta variantini taklif qilmoqda. Bular konstitutsion islohot, yana bir referendumning o‘tkazilishi, Moralesning saylovlarga 6 oy qolganda iste'foga ketishi yoki fuqarolar nomidan konstitutsion sudga murojaat bo‘lishi mumkin.
2013 yilda konstitutsion sud Moralesga, mamlakat konstitutsiyasida prezident lavozimini ketma-ket 3 marta egallash taqiqlanganiga qaramasdan, unga uchinchi marta prezident lavozimiga da'vogarlik qilishga ruxsat bergandi. O‘shanda bu qaror muxolifat tomonidan keskin tanqidga uchragandi, biroq Morales 2015 yildagi saylovlar natijalariga ko‘ra, ishonchli g‘alabaga erishib, 3-muddatga prezident bo‘lib qolgandi.
Mavzuga oid
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
17:12 / 23.09.2024
Yuragi va miyasi eng sog‘lom qabila: Boliviyadagi simanlarning siri nimada?
22:37 / 27.06.2024