09:10 / 18.12.2016
5994

Stoltenberg NATOning Suriya ixtilofiga bosiqlik bildirayotgani sababini tushuntirdi

Foto: © RIA

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning harbiy vositalarni Suriyada qo‘llashi vaziyatni yanada yomonlashtirishi va ixtilofning yanada avj olishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.

"Biz Suriyada dahshatli gumanitar fojiani boshdan kechirmoqdamiz. Biroq ba'zida harbiy vositalarni qo‘llash bahosi undan ko‘riladigan foydadan yuqori bo‘ladi. Suriya borasida NATO ishtirokchilari qurolli kuchlarni qo‘llash vaziyatni yanada dahshatli tus oldirishi mumkinligi haqidagi qarorga kelishgan", deb aytdi Stoltenberg Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida. 

"Aralashuv oqibatida bu ixtilof yanada kattaroq mintaqaviy ixtilofga yoki yanada ko‘proq begunoh odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi xavfi bor. Agar biz har bir muammo, har gumanitar fojiaga harbiy vositalarni qo‘llab munosabat bildirganimizda, yanada ko‘proq urush va iztiroblar dunyosida qolgan bo‘lardik", deb ta'kidlab o‘tdi NATO rahbari.

 

Mavzuga oid
Top