Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Markaziy qo‘mondonligi quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Foto: AQSh elchixonasi
13-15 dekabr kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Maykl Garret bir guruh maslahatchi va yordamchilar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Uzdaily xabariga ko‘ra, generalning tashrifi xavfsizlik bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlik doirasida O‘zbekiston hukumati va Mudofaa vazirligi bilan yuqori darajada olib borilayotgan muloqot davom etayotganidan dalolat beradi.
Tashrif davomida general Garret delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari bilan uchrashdi hamda Qurolli kuchlar akademiyasida o‘tgan brifingda ishtirok etdi.
Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik Qo‘shma Shtatlar uchun O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdagi bir vositadir. Samarali uchrashuvlar va birinchi tashrifi yakunidan so‘ng, general Garret 15 dekabr kuni O‘zbekistondan uchib ketdi.
Mavzuga oid
20:44 / 10.12.2025
Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
18:37 / 08.09.2025
To‘qayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
21:54 / 03.03.2025