Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti 78 nafar mahbusni afv etdi
Foto: Google image
AQSh prezidenti Barak Obama 78 kishini afv etishga qaror qildi. Shuningdek, 153 nafar mahbusning jazo muddati qisqartirildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.
Ushbu shaxslarning barchasi giyohvand moddalarni saqlash, xarid qilish yoki tarqatish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning ba'zilari esa qo‘lga olish vaqtida qurollangan ham bo‘lgan. Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, prezident bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi – u bir buyruq bilan 231 mahbusga yordam berdi.
Obama davlat rahbari sifatida hammasi bo‘lib 148 kishini afv etib, 1176 mahbusning jazo muddatini qisqartirgan. Ularning aksariyati umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid
16:12
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026