08:39 / 20.12.2016
6371

Liverpul derbisida yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi

Foto: Google image

«Liverpul» futbol klubi Angliya Premer Ligasining 17 turi doirasida «Everton» bilan uchrashdi. Liverpuldagi «Gudison Park» stadionida kechgan bahs 1:0 hisobida qizillar foydasiga hal bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.

Birinchi bo‘limda jamoalar juda tezkor o‘yin namoyish etib berishdi. Biroq golga tortadigan vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi.

«Liverpul» tanaffusdan so‘ng tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, ammo uzoq vaqt davomida hisobni ocha olmadi. Deniyel Starrij 94-daqiqada qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, darvozasining o‘ng to‘siniga aniq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Qaytgan to‘pni esa Sadio Mane bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan kiritdi.

«Liverpul» (37 ochko) APLda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Everton» (23) esa to‘qqizinchi pog‘onada.

«Everton» - «Liverpul - 0:1 (0:0)
Gol: Mane, 90+5 (0:1). 
Everton: Marten Stekelenburg (64), Sheymus Koulmen, Eshli Uilyams, Ramiro Funes Mori, Leyton Beyns, Jyeyms Makkarti (46), Idrissa Guey, Aaron Lennon, Ross Barkli, Enner Valensiya (73), Romelu Lukaku, Garet Berri (46), Xoel (64), Dominik Kalvert-Levin (73).
Liverpul: Simon Minole, Nataniel Klayn, Ragnar Klavan, Deyan Lovren, Jyeyms Milner, Jorjino Veynaldum, Jordan Xenderson, Adam Lallana, Sadio Mane (90+9), Divok Origi (82), Roberto Firmino, Daniel Starrij (82), Lukas (90+9), 
Ogohlantirishlar: Ross Barkli (68), Sheymus Koulmen (69), Idrissa Guey (85) - Deyan Lovren (56)
19 dekabr. Liverpul. "Gudison Park". 39590 tomoshabin.
Hakam - Mayk Din (Xesvoll).
 

Mavzuga oid
Top