18:40 / 23.12.2016
8333

Xitoy AQSh bilan kelajakdagi munosabatlariga darz ketishidan xavotirda

Foto: © AP

Xitoy davlat OAV Piter Navarroning AQShda savdo bo‘yicha milliy kengash raisi etib tayinlangani munosabati bilan o‘z xavotirini bildirmoqda, chunki Navarro bir paytlar Xitoyga nisbatan qat'iy siyosat yuritishga chaqirgan.  Reuters agentligi shu haqida xabar berdi. 

"Navarro kabi muayyan shaxslarning noto‘g‘ri tushunchalari  kelajakda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda Xitoyga qarshi ish berishi mumkin", - deyiladi China Daily nashrining ingliz tilidagi tahrirlangan maqolasida. 

Xitoy savdo vazirligi vakillari AQSh va XXR o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki mamlakatga ham daromad keltirayotganini ta'kidlashmoqda hamda ba'zi qarorlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan Vashingtonni ogohlantirishmoqda. 

Shuningdek Xitoy savdo vazirligining matbuot kotibi Shen Danyang "Qo‘shma Shtatlar xatolarni takrorlamaslik uchun ehtiyot bo‘lishi zarur"ligini ta'kidladi. 

 

Top