09:36 / 25.12.2016
16535

Hindistonda deyarli yarim asr o‘lik deb hisoblangan ayol topildi

Foto: pixabay.com

1976 yilda vafot etgan deb hisoblangan hindistonlik Vilasa Devi ismli ayol 40 yil o‘tib, o‘zining katta bo‘lib qolgan farzandlarini ko‘rgani o‘z uyiga keldi, deb yozmoqda xorijiy OAV.

Ayolning qarindoshlari uni ilon chaqishidan o‘lgan deb hisoblab, qadimiy odatlarga ko‘ra, uni krematsiya qilmay, Gang daryosi bo‘ylab oqizib yuborishgan. 

Devining aytishicha, uni yuzlab kilometrlar uzoqlikda baliqchilar qutqarib olishgan va bir mahalliy oila o‘z qaramog‘iga olgan.

Ayol o‘zining avvalgi turmushi haqida hech narsani, jumladan avvalgi ikki nikohini  eslay olmagan. U yangi joyda yana turmushga chiqqan.

Yaqinda ayol ko‘p yillar o‘tib o‘zining ona qishlog‘idan bir tanishini ko‘rgach, xotirasi qaytgan.

Shundan keyin u ona qishlog‘iga qaytib, o‘zining katta yoshli o‘g‘illari va qizlarini hayratlantirgan. Ta'kidlanishicha, bu vaqtga kelib 80 yoshli ayolning barcha uch turmush o‘rtog‘i ham vafot etib ketganlar.

 

Top