Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Halabda ommaviy qabrlar topildi
© Foto: SANA
Suriyaning Halab shahrida bir necha o‘nlab, qiynoqlarga solingan odamlar va qasos sifatida o‘ldirilgan suriyaliklar dafn qilingan ommaviy qabrlar topilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bayonot bergan.
"Ko‘pchiligida tana a'zolari yo‘q, ayrimlarining boshiga o‘q uzilgan. Va bu ko‘rinishidan boshlanishi", — degan Konashenkov.
Konashenkovning qayd etishicha, ushbu holatlarning barchasi terrorchilarning og‘ir harbiy jinoyatlari sifatida hujjatlashtirilmoqda va yaqin orada ommaga oshkor qilinadi. "Muxolifatchilarning London va Parijdagi homiylari o‘zlarining qaramog‘idagilar aslida kim ekanini yaxshi bilib olishadi hamda ularning vahshiyliklari uchun oz bo‘lsa-da mas'uliyatni his qilishardi".
"Sharqiy Halabda topishning iloji bo‘lmayotganlar, bular "Oq kaskalilar"ning "ko‘ngilli-qutqaruvchilari"dir", — deb qayd etgan Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili.
Konashenkovning ma'lum qilishicha, shaharda 7ta o‘q-dorilar omborxonasi, uchta tank, ikkita zambarak hamda ikkita reaktiv o‘t ochish tizimi aniqlangan. Halab shahri ko‘chalari, binolarga kirish qismi, avtomobillar va hatto bolalar o‘yinchoqlari ham minalashtirilgan.
"Oq kaskalilar" — Suriyaning nohukumat tashkiloti bo‘lib, Rossiyaning uqdirishicha, "Jabhat an-Nusra"ga yaqin hisoblanadi va Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026