Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama 2016 yilgi prezident saylovlarini yutgan bo‘lishi mumkinligini aytdi
Foto: cnn.com
AQSh prezidenti Barak Obama 2016 yilgi prezident saylovlariga nomzodini qo‘yishga huquqi bo‘lganda, unda g‘olib bo‘lishi borasida ishonchi komilligini aytdi. U bu haqda Devid Akselrodga bergan intervyusida aytdi.
"Ishonchim komil, agar men nomzodimni qo‘ya olganimda, men ko‘pchilik amerikaliklarni jalb qila olardim. Butun mamlakat bo‘ylab odamlar, hattoki men bilan norozi bo‘lganlar bilan muloqot qilib, biz ketayotgan yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishlarini bilaman", deb aytdi Obama.
Obamaning aytishicha, saylovoldi kampaniyasi davomida demokratlar butun bir aholi qatlamlarini rad etdilar, bu esa Donald Trampning g‘olib bo‘lishiga olib keldi.
"Ko‘pchilik odamlar saylovlar natijalari va Tramp g‘alabasini fantastika deb hisoblamoqdalar", deb aytdi Obama.
Mavzuga oid
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
14:23 / 21.07.2025