22:49 / 27.12.2016
10380

Xitoyda 5-avloddagi qiruvchi samolyot sinovdan o‘tkazilishi boshlandi

Foto: East News/Associated Press

23 dekabrda Xitoyning 5-avloddagi J-31 qiruvchi samolyotining takomillashgan nusxasi sinov parvozlarini boshladi. U prototipi sinovdan o‘tkazilgandan 4 yil o‘tib havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda China Daily.

Hozircha samolyot haqida eng qiziqarli ma'lumot – u qanday dvigatel bilan yaratilgani noma'lum bo‘lib qolmoqda. Xitoyning 5-avlod qiruvchi samolyoti birinchi prototipi Rossiyaning RD-93 dvigatellarida uchgan, biroq ba'zi nashrlarda ikkinchi nusxasiga Xitoyning WS-13A dvigateli o‘rnatilishi haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Shu dvigatellar seriyali samolyotlarda ham qo‘llanadi. 

J-31 Xitoyning 5-avloddagi ikkinchi samolyotidir. Birinchi samolyot J-20 "Qora burgut" 2016 yilda Xitoydagi aerokosmik ko‘rgazmada namoyish qilingan. J-31 samolyoti J-20’ga qaraganda yengil, ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot bo‘lib, yaxshi uchish ko‘rsatkichlari va jiddiy qurolga ega bo‘lgan holda, seriyali ishlab chiqarishda arzon bo‘ladigan qilib ishlab chiqariladi. 

 

Top