18:38 / 28.12.2016
9817

Xitoyda Trampga o‘xshash xo‘roz haykali o‘rnatildi

Foto: cnn.com

Xitoyning Tayyuan shahar okrugida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga o‘xshash bo‘lgan xo‘roz haykali o‘rnatildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda

Amerikalik siyosatchining noodatiy soch turmagiga ega bo‘lgan jonivor haykali Xo‘roz yili arafasida savdo markazlaridan birining yonida paydo bo‘ldi.

Haykal savdo majmuasi egalaridan biri tomonidan buyurtma qilingan. Kelajakda shu mavzuda butunboshli seriya va Trampga o‘xshash bo‘lgan xo‘rozning kichik nusxalari chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Trampga o‘xshash bo‘lgan tustovuq ham internetda mashhur bo‘lib ketgandi. Besh yoshli jonivorni Xanchjoulik jurnalist safari-bog‘da suratga tushirgan.
 

Top