10:39 / 28.12.2016
10551

"Kommersant'" Tu-154 qanot tizimida nuqsonlar yuz berganidan xabar topdi

Foto: AP

Qora dengizga qulab tushgan Tu-154 samolyotining parvoz ko‘rsatkichlarini yozib boruvchi qora qutisi o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, samolyot bortidagi kutilmagan holat zakrilkalarida yuz bergan nosozlik bilan bog‘liqdir, deb yozmoqda "Kommersant'" gazetasi aviahalokat sabablarini o‘rganayotgan guruhga yaqin manbasiga asoslangan holda. 

Nashrning yozishicha, samolyotning o‘ziyozar qurilmasi samolyotning tizimlari ishlashi va parvoz ko‘rsatkichlarini qayd etib boradi. 

Avval xabar berilganidek, Tu-154 samolyotining barcha 3ta qora qutisi ham topilgan. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, o‘ziyozar qurilmani dastlabki tahlili qulab tushish sabablarini qisqartirish imkonini beradi. Biroq, fojia borasidagi yakuniy xulosani barcha omillarni o‘rganib chiqqan davlat komissiyasi beradi.  

Shunga qaramay, "'" manbasining xabar qilishicha, o‘ziyozar qurilma Tu-154ning qanotorti zakrilkalari tekislanmaganini qayd etgan. Zakrilkalar samolyot havoga ko‘tarilayotgan vaqtda uni qo‘shimcha ko‘tarish kuchi bilan ta'minlaydi. Uchuvchilar yuzaga kelgan yuksalish vaqtini samolyot tumshug‘ini o‘ta tepaga ko‘tarib yuborish bilan maromga keltirishga urinishgan, ammo bu bilan ular "vaziyatni keskinlashtirib yuborgan" bo‘lishi mumkin.

Nashrning ta'kidlashicha, aviatsiya sohasi mutaxassislari zakrilkalarning yopilmasligi "noqulay holat" ekani, ammo fojia emasligini aytishadi. Ularning fikricha, bunday holat parvoz qo‘llanmasida batafsil yozilgan hamda ekipaj a'zolari tomonidan trenajyorlarda doimiy ravishda sinab turiladi. 

O‘ziyozar qurilma ma'lumotlariga qaramay, aviahalokatning boshqa ehtimollari ham hozircha rad etilgani yo‘q. "Kommersant"ga ko‘ra, tergovchilar, terakt ehtimoli, parvoz chog‘ida markaziy muvozanatning buzilishi va Tu-154 samolyotining chayka qushlari to‘dasi bilan urilgan bo‘lishi mumkinligini e'tibordan soqit qilishmagan. 

Top