Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning sobiq prezidenti Maydan shtabi qayerda bo‘lganini aytdi
Foto: Globallookpress.com
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Kiyevda 2014 yilda davlat to‘ntaruvini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha shtab AQSh elchixonasida joylashganini aytdi. Bu haqda 27 dekabrda Oliy rada sobiq deputati Vladimir Oleynik ma'lum qilgan.
Yanukovich mamlakat rahbariyatiga Yevropa Ittifoqi bilan birlashish haqidagi kelishuvni imzolash rad etilgandan keyin jiddiy bosim o‘tkazilganini aytgan. "U kim bosim o‘tkazganini aniq aytmadi, biroq davlat to‘ntaruvi shtabi AQSh elchixonasida bo‘lganini aytdi", deb ta'kidlab o‘tdi Oleynik.
Avvalroq Moskvaning Dorogomilov sudi Maydanni davlat to‘ntaruvi deb tan olgandi. Sud jarayonida Ukrainaning sobiq amaldorlari, jumladan Yanukovich ham so‘roq qilingan.
Da'vo arizasini ko‘rib chiqish 15 dekabrda boshlangan, sobiq deputat Oleynik esa 2014 yil Ukrainadagi voqealarni davlat to‘ntaruvi deb tan olishni talab qilgan. Oleynikning aytishicha, 2013 yil kuzida mamlakatdagi norozilik kayfiyatlari xorijdan moliyalashtirilgan OAV tomonidan avj oldirilgan.
Mavzuga oid
19:15 / 12.01.2026
Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
16:04 / 12.01.2026
London Kiyev uchun Nightfall ballistik raketasini ishlab chiqadi
14:20 / 12.01.2026