10:45 / 28.12.2016
9730

Janjalli videosi tarqalgan qozog‘istonlik deputat vakolatlaridan mahrum bo‘ldi

Qozog‘iston parlamenti majlisi (quyi palata) deputatlari Markaziy saylov komissiyasining majlismen Muxtor Tinikiyev vakolatlarini muddatidan avval to‘xtatilishi haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Dekabrda ijtimoiy tarmoqlarda, keyin OAVda deputat Tinikiyevning boshqa bir kishi bilan janjallashayotgan videosi keng tarqaldi. Videoda parlamentariy u kishining boshiga bir necha marta uradi va  so‘kadi, u esa qarshilik ko‘rsatmay, barchasi uchun deputatdan qarzdor ekanini aytib, itoat qiladi. Palata yig‘ilishi oldidan majlismen deputatlik vakolatlaridan voz kechish qarori haqida ma'lum qildi. Parlament saytida hamkasblari, partiyadoshlari va saylovchilarga qilgan murojaatida  Tinikiyev bo‘lib o‘tgan voqeada "o‘zini nomunosib tutgani" uchun uzr so‘radi. 

"Markaziy saylov komissiyasi parlament majlisi deputati Muxtor Tinikiyevning vakolatlarini muddatidan avval to‘xtatish taklifini kiritadi", - dedi komissiya vakili Marat Sarsemboyev. 

Deputatlar Markaziy saylov komissiyasi taklifini qo‘llab-quvvatlashdi. 

Top