14:29 / 02.01.2017
6971

Mushukdan insonga parranda grippi yuqqan ilk holat qayd etildi

Illyustrativ foto

Nyu-York shahridagi jonivorlar uchun mo‘ljallangan boshpanalardan birida yaqinda tibbiyot tajribasida birinchi marta insonning mushukdan parranda grippini yuqtirgan holati qayd etildi. Mushukning kasalligi juda og‘ir kechganligi uchun uni umrbod uxlatib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Biroq veterinarlar jonivorning kasalligini aniqlagunga qadar mushuk muassasa  ishchilaridan biriga virus yuqtirishga ulgurdi.  

Shuni ta'kidlash joizki, H7N2 virusi (parranda grippi) boshqa tarqalmadi, uni yuqtirgan ishchi esa kasallikni oson o‘tkazib, sog‘ayishga ulgurdi. Bundan avval boshqa hayvondan parranda grippini yuqtirish holatlari mutlaqo uchramagan. Nyu-York sog‘liqni saqlash boshqarmasining tadqiqotlariga ko‘ra, 19 dekabrdan 26 dekabrgacha 100dan ortiq mushukning qonida H7N2 grippi belgilari aniqlangan, bu mushuklarning taxminan yarmi veterinar ishlagan qo‘riqxonada yashagan. Mushuklarning qanday qilib bu kasallikni yuqtirgani haligacha noma'lum. 

Boshqarma vakillari bundan vahimaga tushib, jonivorlardan xalos bo‘lishga hojat yo‘qligi, shunchaki ularning sog‘lig‘ini nazorat qilib turish kerakligini ta'kidlashdi. Kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lgan taqdirda yaqin oradagi klinikaga murojjat qilish hamda gigena qoidalariga rioya qilish tavsiya etildi. Yer sharining boshqa shaharlarida bunday holat aniqlanmagan, ekspertlar bu yagona shunday holat bo‘lganligiga umid qilishmoqda. 

Mavzuga oid
Top