O‘zbekiston | 15:21 / 03.01.2017
20570
2 daqiqa o‘qiladi

Avtobus yo‘nalishlari metropoliten liniyasi bilan takrorlanmaydi

Toshkentda shahar va shahar atrofidagi yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish metropolitenga yo‘lovchilarni jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda. Bunday choralar O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi. Bu haqdagi ma'lumot Moliya vazirligi saytida 3 yanvar kuni chop etilgan.

“Toshkent metropoliteni”ga o‘tkazmalarning rentabelligini oshirish uchun yer usti transporti yo‘nalishlarini metropoliten liniyalari bilan takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik va yer ustidagi alohida yo‘nalishlarning davomiyligi hamda harakatlanish sxemasini o‘zgartirish vazifasi qo‘yilgan. Qo‘shimcha tarzda yer usti transporti yo‘nalishlarining so‘nggi punktlarini metro bekatlari yonida qurish ham ko‘zda tutilgan. 

Avvalroq, poytaxt metropoliteni tarmog‘ini rivojlantirish, yo‘lovchilari sonini oshirish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligi va rentabelligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni amalga tatbiq etish hisobidan «Toshkent metropoliteni» DUK «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tashkiliy tuzilmasiga o‘tkazilgandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston rahbari noyabrda Yunusobod metro liniyasining 2,7 kilometr bo‘lgan ikkinchi bosqichi qurilishining parametrlarini tasdiqlagandi. U 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid