14:15 / 04.01.2017
3736

XXR hukumati xorijda yashiringan amaldorlardan 1,2 milliard dollarni qaytarib oldi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy hukumati korrupsiyada ayblanuvchi, xorijda yashiringan amaldorlardan 2014-2016 yillarda noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan 8,54 milliard yuanni (1,2 milliard dollar) qaytarib oldi. Bu haqida hukumatning "Ko‘k kitob" sifatida tanilgan "Korrupsiya bilan kurash va adolatli hukumatning shakllanishi" ma'ruzasida so‘z yuritiladi. TASS shu haqida xabar berdi. 

Rasmiy hujjatga ko‘ra, 2016 yilda XXR hukumatida korrupsiyaga qarshi kurash yanada kuchaytirilgan: o‘tgan yanvar-avgust oylarida hukumat mansabdor shaxslarning 26 mingdan ziyodiga qarshi ish ochib, ularni javobgarlikka tortgan.

Hisobotga ko‘ra, Xitoyning taxminan 90 foiz amaldorlari XXR rahbariyatining qonunbuzarliklarga chek qo‘yishga doir qat'iy choralariga  ishonch bildirishgan. Shu tariqa, 2012 yil bilan taqqoslaganda, XXR raisi Si Tszinpinning aksilkorrupsiya siyosatini ma'qullovchi davlat apparati xodimlari soni 9,9 foizga ko‘paygan. Mamlakat aholisi orasida esa bundaylar soni 10,2 foizga oshib, 70 foizni tashkil qilgan. 
 

Top