14:27 / 06.01.2017
15208

AQSh «Rossiya fitnasi»ga qarshi 3,4 mlrd dollar ajratdi

Foto: Reuters

AQSh Shimoliy va Markaziy Yevropadagi ittifoqchilariga 3,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan. Davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga ko‘ra, bu «Rossiya fitnasi»ga qarshi taqdim etilgan. Kerri Vashingtonda o‘tkazgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritdi. 

«Biz demokratik Ukrainani qo‘llab-quvvatlayapmiz va Rossiya fitnasiga javoban Shimoliy va Markaziy Yevropadagi ittifoqchilarimizga yordam berdik», — degan Kerri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar mamlakatlarning xavfsizligini kafolatlash va mudofaasini barpo etish uchun zarur bo‘lgan. 

Bundan avval, Kerri o‘zining prezident Obamaga yo‘llagan so‘nggi murojaatida 2009-2013 yillarda Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni «kuchaytirish» yadro qurollarini nazorat qilish hamda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarga «zarur bo‘lgan ashyolarni yetkazib berishni tashkil etish»da «sezilarli ustunlik» berganini ta'kidlagan edi. 

Uning qayd etishicha, AQSh va Rossiya «ayrim sohalardagi» umumiy manfaatlar yo‘lida «birga ishlash salohiyatini saqlab qolgan». Kerri bu fikrining isboti sifatida Arktikadagi faoliyatni muvofiqlashtirish va Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni keltirib o‘tgan. 

«Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasiga javoban esa, biz xalqaro hamjamiyatga yetakchilik qilgan holda ukrain halqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishimiz kerak», — deb qo‘shimcha qilgan Kerri. 

Mavzuga oid
Top