11:49 / 08.01.2017
6053

Kuchli qor tufayli Ijyevskdagi uylardan birining tomi o‘pirilib tushdi

Rossiyada yoqqan kuchli qor tufayli Ijyevskda joylashgan 4 qavatli uylardan birining tomi o‘pirilib tushdi. Bu haqda RIA Novosti respublika favqulodda vaziyatlar xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Uylardan birining tomi o‘pirilishi tufayli 33 kishi istiqomat qiladigan 8 kvartirada issiqlik ta'minoti uzilgan.

Keyinroq issiqlik ta'minoti tiklangan. Kun davomida tomning zararlangan qismini ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top