Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uniqlo rahbari bir kunda 1,4 milliard dollardan mahrum bo‘ldi
Foto: evoketw.com
Fast Retailing kompaniyasi asoschisi va prezidenti Tadasi Yanaining moliyaviy ahvoli bir kunda 1,4 milliard dollarga kamaydi. Riteyler guruhiga kiruvchi Uniqlo'ning 2016 yilning dekabrida sotuvlar pasayganligi to‘g‘risidagi hisobotidan keyin ana shunday holat kuzatildi. Bloomberg nashri shu haqida xabar berdi.
Uniqlo hisobotidan keyin Fast Retailing aksiyalari 6 yanvarda Tokiya birjasidagi savdolar davomida 6,7 foizga tushib ketdi. Kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari narxi pasayishi fonida Yanaining moliyaviy ahvoli 1,4 milliard dollarga qisqarib, 17,7 milliard dollarni tashkil qildi.

Shunga qaramay, Yanai Bloomberg indeksida Yaponiyadagi eng badavlat inson maqomini saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinlarda SoftBank rahbari Masayosi Son (13,6 milliard dollar) va Keyence asoschisi Takemitsu Takidzaki (11,1 milliard dollar) nomlari qayd etilgan. Umumiy ro‘yxatda esa Yanai 44-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
12:03 / 02.02.2026
Yaponiya okean tubida nodir yer elementlarini aniqladi
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026