11:04 / 11.01.2017
29617

Darxonda g‘ildiraklari o‘g‘irlab ketilgan Spark keng muhokamaga sabab bo‘ldi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida mashina o‘g‘rilari haqida navbatdagi post qoldirildi.

“Xayrli bo‘lmagan tong... Bu so‘nggi 1,5 oy ichida Darxonda sodir bo‘lgan uchinchi ana shunday holatdir. Tunda bu tumanda mashinangizni qoldirmang!”, deyiladi ushbu postda.

Unga g‘ildiraklari yechib ketilgan oq rangli Spark rusumli avtomobil surati ilova qilingan.

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar turlicha. Ayrimlar yaqin o‘rtada mashinalarni qo‘yish joyi 24 soat qo‘riqlab turilishi, mana shunday noxushliklarga odamlarning o‘zlari sababchi bo‘lishini aytishgan. Yana bir foydalanuvchi bu hazilligini, haydovchining o‘zi g‘ildiraklarni yechib qo‘yganini aytgan. O‘sha yerda yaqin yashovchi yana bir foydalanuvchi esa, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelishganini yozgan.

Mavzuga oid
Top