Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, aholi murojaatlarining o‘z vaqtida hamda sifatli hal etilishida muhim omil bo‘lmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Jo‘rayev Muhiddin O‘tkurovichning virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kun.uz’ga xabar berdi.
«Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘iga onlayn murojaat» sayti aholining davlat boshqaruvi organlariga, binobarin ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Mavzuga oid
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024