Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorj Bushning qizlari Obamaning farzandlariga maktub yo‘lladi
AQShning 43-prezidenti Jorj Bush qizlari Barbara va Jyenna Barak Obamaning qizlari Maliya va Sashaga maktub yozishdi. Undan Oq uydan tashqaridagi hayotga tegishli maslahatlar joy olgan, deb xabar bermoqda Time.
"Endilikda siz sobiq prezidentlar farzandlari klubiga kirishingizga to‘g‘ri keladi – o‘zingiz intilmagan pozitsiya", - deyiladi maktubda.
Shuningdek, ular Oq uyda mehnat qiladigan kishilar, xususan, gulchi Nensini yoddan chiqarmaslik va AQSh Maxfiy xizmati agentlari bilan aloqada bo‘lishni maslahat berishgan.
"Biz Maxfiy xizmat bilan aloqada qolamiz. Uning xodimlari bizning ulg‘ayishimizga guvoh bo‘lishadi: birinchi uchrashuvlar, unashtirish va hattoki asal oyi. Biz bularning barchasi oson emasligini bilamiz – siz, xuddi biz kabi, o‘smir bo‘lgansiz va ular ortingizdan soyadek ergashib yurishgan. Biroq ular siz sabab o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishgan", - deya ta'kidlab o‘tgan Barbara va Jyenna Bush.
Shuningdek, ular o‘z maktubida Obamaning qizlari Oq uydagi bosimga ko‘proq duch kelishgani, ota-onasining notanish kishilar tomonidan jiddiy tanqid qilinishiga guvoh bo‘lishgani haqida yozishadi.
Ma'lumot uchun, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni o‘tkaziladi. O‘sha kuni Barak Obama va uning oilasi Oq uydan chiqib ketadi.
Mavzuga oid
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
21:44 / 26.12.2025