AQŞning 43-prezidenti Jorj Buş qizlari Barbara va Jyenna Barak Obamaning qizlari Maliya va Saşaga maktub yozişdi. Undan Oq uydan taşqaridagi hayotga tegişli maslahatlar joy olgan, deb xabar bermoqda Time.

"Endilikda siz sobiq prezidentlar farzandlari klubiga kirişingizga töğri keladi – özingiz intilmagan pozitsiya", - deyiladi maktubda.
Şuningdek, ular Oq uyda mehnat qiladigan kişilar, xususan, gulçi Nensini yoddan çiqarmaslik va AQŞ Maxfiy xizmati agentlari bilan aloqada bölişni maslahat berişgan.

"Biz Maxfiy xizmat bilan aloqada qolamiz. Uning xodimlari bizning ulğayişimizga guvoh bölişadi: birinçi uçraşuvlar, unaştiriş va hattoki asal oyi. Biz bularning barçasi oson emasligini bilamiz – siz, xuddi biz kabi, ösmir bölgansiz va ular ortingizdan soyadek ergaşib yurişgan. Biroq ular siz sabab öz hayotlarini xavf ostiga qöyişgan", - deya ta'kidlab ötgan Barbara va Jyenna Buş.

Şuningdek, ular öz maktubida Obamaning qizlari Oq uydagi bosimga köproq duç kelişgani, ota-onasining notaniş kişilar tomonidan jiddiy tanqid qilinişiga guvoh bölişgani haqida yozişadi.

Ma'lumot uçun, AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni ötkaziladi. Öşa kuni Barak Obama va uning oilasi Oq uydan çiqib ketadi.