15:33 / 14.01.2017
21991

Video: O‘ta noyob dengiz ajdari birinchi marta tasvirga tushirildi

Olimlar ignali baliqlar oilasining yangi vakili – yoqut rangli dengiz ajdarini ilk bora videoga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dengiz ajdarining yangi turi birinchi marta 2015 yilda topilgandi, biroq o‘shanda tadqiqotchilar Avstraliyadagi muzeyda joylashgan eksponat orqali uning borligi haqidagi xulosaga kelishgan. O‘shanda olimlar 1919-2007 yillar davomida topilgan namunalardan olingan DNKni o‘rgatib chiqishgan. Endi esa ularning borligi haqiqatdan ham tasdiqlandi.

Dengiz ajdarlari dengiz otlariga “qarindosh” hisoblanadi. Hozirgi kunda fanga uning uch turi ma'lum – oddiy (Phyllopteryx taeniolatus), bargli (Phycodurus eques) va yoqut rangli (Phyllopteryx dewysea). Yoqut rangli dengiz ajdari dengiz otiga ko‘proq o‘xshab ketadi.

Olimlarning taxminicha, yoqut rangli ajdarlar 50 metr chuqurlikda yashaydi hamda yorqin-qizil rangi ularga suvda yashirinishga imkon beradi.


 

Mavzuga oid
Top